Ayni dam Navoiy viloyati hokimligi hamda TuronBank hamkorligida tashkil etilgan “AI, bank va mahalla: Navoiy taraqqiyotining kuchi” mavzusidagi tadbir o‘z ishini boshladi. 

Tadbir doirasida mehmonlar interaktiv formatda kutib olinmoqda, robotlar ishtirokida innovatsion namoyishlar tashkil etildi. Unda sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya, ta’lim, bank tizimi va mahallalar rivojida zamonaviy texnologiyalarning o‘rni haqida fikr almashilmoqda.

Kun davomida soha mutaxassislari, olimlar, bank va davlat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida ma’ruzalar, taqdimotlar hamda savol-javob sessiyalari bo‘lib o‘tadi.

Navoiy viloyatida o‘tayotgan mazkur tadbir hududda innovatsion ekotizimni rivojlantirish, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda AI texnologiyalarini hayotga keng joriy etishda muhim qadam bo‘ladi.

photo_3_2026-04-20_21-36-18.jpg
photo_2_2026-04-20_21-36-18.jpg
photo_1_2026-04-20_21-36-18.jpg
photo_5_2026-04-20_21-36-18.jpg
photo_4_2026-04-20_21-36-18.jpg
photo_8_2026-04-20_21-36-18.jpg
photo_7_2026-04-20_21-36-18.jpg
photo_6_2026-04-20_21-36-18.jpg
photo_10_2026-04-20_21-36-18.jpg
photo_9_2026-04-20_21-36-18.jpg