Joriy yilning 23-aprel sanasida “Turonbank” ATB hamda Tashkent International University o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarildi. Mazkur sana doirasida Rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etilib, unda universitet talabalari, yosh xodimlar, universitet va bank rahbariyati faol ishtirok etdi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan bank tizimida sun’iy intellektni integratsiya qilish hamda undan samarali foydalanish yo‘nalishlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi. Yoshlarning innovatsion g‘oyalari va amaliy yondashuvlari bank mutaxassislari tomonidan yuqori baholanib, ushbu tashabbuslarni rivojlantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Mazkur uchrashuv yakunida “Turonbank” ATB hamda Tashkent International University o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida:
  • Sun’iy intellekt asosidagi bank xizmatlarini rivojlantirish
  • Talabalarni amaliy loyihalarga jalb etish
  • Innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash
  • Ta’lim va bank amaliyoti integratsiyasini kuchaytirish
Ushbu hamkorlik natijasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash hamda bank tizimida ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish uchun mustahkam zamin yaratiladi.

Turonbank — yoshlar, innovatsiya va strategik hamkorlik orqali iqtisodiy rivojga xizmat qiladi.

TIU_0106.JPG
TIU_0121.JPG
TIU_0132.JPG
TIU_0137.JPG
TIU_0155.JPG
TIU_0157.JPG
TIU_0215.JPG
TIU_0221.JPG
TIU_0232.JPG
TIU_0245.JPG
123.JPG
TIU_9926.JPG
TIU_9937.JPG
TIU_9984.JPG
TIU_9991.JPG
TIU_9997.JPG
TIU_0010.JPG
TIU_0044.JPG