16 Apr 2026
Joriy yilning 15-aprel sanasida Farg‘ona viloyati Toshloq tumani, Yuqori Qalacha MFY hududida limonchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish hamda daromadli bog‘dorchilikni kengaytirishga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir “TuronBank” ATB tashabbusi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilib, unda fermer va dehqon xo‘jaliklari vakillari, tadbirkorlar hamda soha mutaxassislari faol ishtirok etdilar.
Seminar davomida limonchilik sohasida tajribali mutaxassis, olim Nuriddin Faxriddinov tomonidan limon daraxtlarini parvarishlash, gullash davrida to‘g‘ri agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi samarali kurashish hamda hosildorlikni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan batafsil javoblar oldilar, shuningdek, zamonaviy limonchilikni rivojlantirish bo‘yicha muhim tajribalar bilan tanishdilar.
Mazkur seminar hududda limonchilikni yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
TuronBank — taraqqiyot sari ishonchli hamkor!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati