“Turonbank” ATB Boshqaruvi raisi Chori Mirzayev Ohangaron tumani hokimi Bahrom Norqobilov hamrohligida “Qoraxitoy” MFYda bo‘lib, Yoshlik ko‘chasi 45-uyda istiqomat qiluvchi Turg‘unovlar xonadonidagi limonchilik faoliyati bilan tanishdi.

Xonadonda 3 sotix maydonda tashkil etilgan limonariy oila uchun barqaror daromad manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Zamonaviy usullar asosida qisqa muddatda yuqori hosil olinayotgani qayd etildi.

Uchrashuvda limonchilikni kengaytirish, hosildorlikni oshirish hamda mahallani ushbu yo‘nalishga ixtisoslashtirish masalalari muhokama qilinib, bank tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Yakunda limonchilik orqali aholi bandligini ta’minlash, daromadlarni oshirish va hudud iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.

Turonbank — taraqqiyot sari ishonchli hamkor!

photo_6_2026-02-09_11-19-13.jpg
photo_5_2026-02-09_11-19-13.jpg
photo_4_2026-02-09_11-19-13.jpg
photo_3_2026-02-09_11-19-13.jpg
photo_2_2026-02-09_11-19-13.jpg
photo_1_2026-02-09_11-19-13.jpg