Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi. Unda Mirzaobod tumani hokimi A.A.Umarov hamda “Turonbank” ATB Sirdaryo BXM rahbari B.X.Tashmatov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish hamda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, tadbirda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda bandligini ta’minlashga qaratilgan Prezidentimizning PQ-60, PQ-61 va PQ-62-son qarorlari mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

Muloqot yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar oldilar.

Turonbank — yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi.

photo_4_2026-03-09_16-39-15.jpg
photo_1_2026-03-09_16-39-15.jpg
photo_2_2026-03-09_16-39-15.jpg
photo_3_2026-03-09_16-39-15.jpg