2 Iyun 2026
“Turonbank” ATB tomonidan hududlarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar, sayyor qabullar hamda tizimli uchrashuvlar izchil davom ettirilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 2-iyun kuni “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Z.S. Obidov boshchiligida Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar hamda fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida hududda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash hamda istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga bank xizmatlari, imtiyozli kredit dasturlari, tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlari hamda zamonaviy raqamli bank xizmatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Muloqot jarayonida tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni tezkor va samarali hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar hamda amaliy ko‘rsatmalar berildi. Xususan, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish, aylanma mablag‘larni to‘ldirish, avtoservis va avtomobillarni yuvish shoxobchalari uchun uskunalar xarid qilish, ko‘p qavatli turar joy qurilishi hamda xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator murojaatlar yuzasidan amaliy yechimlar ishlab chiqildi.
Shuningdek, ayrim tadbirkor va fuqarolarga “Yangi Imkoniyat” hamda “Muqobil Biznes” mikrokredit mahsulotlari asosida loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi.
Turonbank — tadbirkorlar ishonchini qadrlaydigan bank!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati