Xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings “Turonbank” ATBning uzoq muddatli kredit reytingini ‘BB-’ darajasida tasdiqlab, reyting prognozini “Barqaror”dan “Ijobiy”ga o‘zgartirdi. Bu esa bank faoliyati, moliyaviy barqarorligi va rivojlanish istiqbollariga berilgan xalqaro bahodir.

Mazkur qaror bankning kapital bazasi mustahkamlanib borayotgani, transformatsiya jarayonlari izchil davom etayotgani hamda xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritayotganini tasdiqlaydi. Shuningdek, ushbu baho Turonbankning xalqaro moliya bozorlaridagi nufuzi va investorlar ishonchi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Reyting prognozining “Ijobiy” darajaga ko‘tarilishi kelgusida bank reytingining yanada yaxshilanish ehtimoli mavjudligini anglatadi. Bu esa xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va mijozlarga yanada qulay moliyaviy xizmatlarni taqdim etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Ushbu yutuq bank jamoasining fidokorona mehnati, mijozlarimizning ishonchi hamda hamkorlarimiz bilan samarali hamkorlik natijasidir.

photo_1_2026-06-11_17-40-45.jpg