“Turonbank” ATB Davlat dasturlari departamenti tomonidan joriy yilning 14-iyul sanasida Namangan viloyatida faoliyat yurituvchi mahalla bankirlari hamda yordamchi-agentlar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminar davomida kredit tarixi, kafillik, garov, bank kartalari, kiberxavfsizlik hamda shartnomalar bilan ishlash tartiblari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, bank faoliyatida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Seminar yakunida hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar ham ko‘zdan kechirildi hamda aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

Turonbank — har bir hududda imkoniyatlar eshigini ochadi!

photo_4_2026-07-14_16-02-09.jpg
photo_3_2026-07-14_16-02-09.jpg
photo_2_2026-07-14_16-02-09.jpg