19 Avg 2026
Ijtimoiy tarmoqlarda “Bank tadbirkorning oylik ish haqini tuya qildimi?” nomi bilan post tarqaldi. Ushbu vaziyat yuzasidan “TuronBank” ATB Matbuot xizmati holat yuzasidan surishtiruv amalga oshirib, quyidagilarni ma’lum qiladi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3028 “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir” YO‘RIQNOMANING 53-bandida “Xo‘jalik yurituvchi subyekt vakili naqd pul olish uchun bank buxgalteriyasining ushbu mijozga xizmat ko‘rsatuvchi xodimiga naqd pul cheki va boshqa hujjatlarni taqdim etishi belgilab o‘tilgan”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi № 648/2-sonli “2024-yil hosilidan yetishtirilgan paxta xomashyosi uchun hisob-kitoblarni o‘z vaqtida yakunlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning 5-bandida “qayta ishlovchilarning 23210 maxsus hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar, birinchi navbatda paxta yetishtiruvchilar bilan hisob-kitoblar to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng, Jamg‘armaning kredit resurslari hisobidan olingan kreditlar va unga hisoblangan foiz to‘lovlarini so‘ndirish uchun yo‘naltirilishi” belgilangan.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi № 680-sonli “Paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash to‘g‘risida”gi nizomning 6-bob 24-bandida 23210 hisobvarag‘iga tushgan mablag‘lar hisobidan, birinchi navbatda:
a) paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlari uchun Jamg‘armaning kredit resurslari hisobidan olingan kreditlar va unga hisoblangan foiz to‘lovlarini so‘ndiradi;
b) paxta-to‘qimachilik klasterlari va urug‘chilik xo‘jaliklari Jamg‘armaning kredit resurslari hisobidan paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlari uchun olingan kreditlar va unga hisoblangan foiz to‘lovlarini so‘ndiradi.
6-bob 24-bandida Jamg‘armaning kredit resurslari hisobidan paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi uchun ajratilgan kreditlar va unga hisoblangan foiz to‘lovlari to‘liq so‘ndirilgandan so‘ng tijorat banki 23210 hisobvarag‘ida qolgan mablag‘larni qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘iga memorial order bilan o‘tkazadi.
Qarz oluvchi ushbu mablag‘lardan qo‘shilgan qiymat solig‘idan hosil bo‘lgan qarzdorlikni to‘liq so‘ndirgandan so‘ng erkin foydalanishi mumkinligi belgilab o‘tilgan.

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati