Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi “Qirqshodi” MFYda tayanch mahalla bilan ishlashning amaliy bosqichi doirasida tadbirkorlar bilan uchrashuv va ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda mahallaning mavjud salohiyati, tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotlar davomida tadbirkorlarning muammo va takliflari tinglanib, ularning faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha imkoniyatlar o‘rganildi. Tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarga amaliy yechim topish masalalariga e’tibor qaratildi.
“Turonbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari D.Rustamov hamda Samarqand BXM rahbari M.Javburiyev boshchiligida tadbirkorlarning faoliyat joylariga chiqilib, ularning loyihalari va tashabbuslari bilan yaqindan tanishildi. Loyihalarni moliyalashtirish, faoliyatni kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga ko‘maklashish masalalari atroflicha o‘rganildi.













