9 Sen 2026
Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va turmush darajasini oshirish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. “Turonbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Z.Obidov boshchiligida Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida navbatdagi uchrashuvlar tashkil etildi.
Unda tumandagi faol tadbirkorlar va o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolar bilan muloqot qilindi. Biznes loyihalarni imtiyozli moliyalashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, xonadonbay o‘rganishlar tashkil etilib, “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan yuzma-yuz samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Har bir xonadonning ehtiyoji va imkoniyatlari o‘rganilib, ularning daromad manbalarini shakllantirish, oilaviy tadbirkorlikka jalb qilish hamda bandligiga ko‘maklashish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Muloqotlar davomida ko‘tarilgan murojaat va muammolarga joyida yechim topilib, ijrosi vaqtalab etadigan masalalar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriq va biriktiruvlar berildi.
Aholi farovonligini oshirish va hududlarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan bunday manzilli o‘rganishlar va ochiq muloqotlar davom ettiriladi.
Turonbank — ishonchli hamkoringizdir!
Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati














