Joriy yilning 9-sentabr kuni Yangibozor tumani hokimi A.Masharipov hamda “Turonbank” ATB Monitoring va nazorat qilish departamenti direktori S.Jumaniyozov ishtirokida mahalliy tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, mas’ul tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Muloqot davomida tadbirkorlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, yer ajratish, infratuzilma, kredit resurslaridan foydalanish hamda ruxsatnomalar olish jarayonlaridagi masalalar muhokama qilindi. Bildirilgan muammolarni amaldagi qonunchilik va mavjud imkoniyatlar doirasida hal etish yuzasidan mas’ul mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim murojaatlar esa bevosita joyida ijobiy yechim topdi.
“Turonbank” ATB tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq va amaliy muloqotni izchil davom ettirib, ularning loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, muammolariga yechim topish hamda ishbilarmonlik muhitini yanada rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Ochiq muloqot — muammolarga joyida yechim, tadbirkorlarga amaliy ko‘mak!







\








