Mirzaobod tumanida tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etilib, unda tuman hokimligi vakili, “Turonbank” ATB Guliston BXM rahbari B.Tashmatov hamda Mijozlar servisi va marketing departamenti direktori J.Tuxmakov ishtirok etdi. Muloqot davomida hududdagi tadbirkorlik muhitini rivojlantirish va biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirkorlar tomonidan o‘z faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish hamda mavjud masalalarni hal etish yuzasidan taklif va tashabbuslar bildirildi. Bildirilgan fikrlar mutasaddilar tomonidan tinglanib, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur choralar muhokama qilindi.

“Turonbank” ATB biznes vakillari bilan bevosita muloqotni yanada kuchaytirib, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish va yangi loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishda davom etadi.

Har bir tashabbus — yangi imkoniyat, har bir imkoniyat — yangi natija!

photo_2026-09-10_12-32-49.jpgphoto_2026-09-10_12-32-50.jpgphoto_2026-09-10_12-32-51.jpg