Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari D. Rustamov hamda tuman hokimi S. Astonov ishtirokida Navbahor mahallasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda Navbahor, Ulug‘bek va yaqin hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari, o‘z biznesini boshlash yoki mavjud loyihalarini kengaytirish istagidagi fuqarolar ishtirok etdi.

Muloqot davomida tadbirkorlarning kredit mablag‘laridan foydalanish, yer maydoni ajratish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, infratuzilma va faoliyatni kengaytirish bilan bog‘liq masalalari tinglandi.

Xususan, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish, chorvachilik va boshqa yo‘nalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Har bir murojaat alohida o‘rganilib, tadbirkorlarga mavjud imkoniyatlar va amal qilish tartiblari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Murojaatlarni hal etish maqsadida tegishli tashkilotlar mas’ullariga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar bo‘yicha zarur hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari boshlandi

Bunday ochiq muloqotlarning ahamiyati shundaki, tadbirkorning tashabbusi va muammosi bevosita joyida o‘rganilib, uni hal etish uchun tegishli imkoniyatlar safarbar etilmoqda.

Turonbank tomonidan hududlarda o‘tkazilayotgan bunday manzilli uchrashuvlar tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni amalga oshirish va aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashishga qaratilgan.

photo_2026-09-09_21-11-48.jpg
photo_2026-09-09_21-11-49 (2).jpg
photo_2026-09-09_21-11-49.jpg
photo_2026-09-09_21-11-54.jpg
photo_2026-09-09_21-11-56.jpg
photo_2026-09-09_21-11-59.jpg
photo_2026-09-09_21-12-02.jpg