23 Avg 2026
Davlatimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Turonbank” ATBda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida tashkil etilgan “Mini futbol bo‘yicha Rais Kubogi — 2026” musobaqasi ko‘tarinki ruhda, qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Jamoalar maydonda o‘z mahorati, jamoaviy harakati va g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishini namoyon etdi.
Musobaqa davomida keskin hujumlar, chiroyli gollar va murosasiz kurashlar kuzatilib, ishtirokchilarga haqiqiy futbol zavqini ulashdi. Har bir jamoa munosib tayyorgarlik va kuchli iroda bilan maydonga chiqib, so‘nggi daqiqalargacha g‘alaba uchun kurash olib bordi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin — Sirdaryo BXM, 2-o‘rin — Toshkent shahar BXM, 3-o‘rin — Bosh bank jamoasi.
Musobaqa xodimlar o‘rtasidagi do‘stona raqobatni mustahkamlab, jamoaviy ruh va birdamlikni yanada oshirishga xizmat qildi. Maydondagi har bir bahsda g‘alabaga intilish, hamkasblarni qo‘llab-quvvatlash va jamoa sha’nini munosib himoya qilish ruhi yaqqol namoyon bo‘ldi. Sport esa jamoani yanada birlashtiruvchi kuch ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.
“Rais Kubogi — 2026” nafaqat futbol maydonidagi kuch va mahorat, balki jamoaviylik, do‘stlik va birdamlikni ham namoyon etdi. Bu kabi musobaqalar xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan birga, yagona jamoa sifatida yanada jipslashishiga xizmat qiladi.
Turonbank — sog‘lom turmush tarzi va kuchli jamoaviy ruh tarafdori!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati