joriy yilning 22-avgust kuni “Turonbank” ATB Boshqaruv raisi Ch.S.Mirzayev Xorazm viloyatiga amalga oshirilgan loyihalar o‘rganishlari davomida “Green Global Textile” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, amalga oshirilayotgan loyihalari hamda kelgusidagi rivojlanish istiqbollari ko‘zdan kechirilib, tadbirkorning mavjud imkoniyatlari va rejalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish, ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Turonbank — tadbirkor bilan birga, yangi imkoniyatlar sari!

photo_4_2026-09-11_11-13-46.jpg
photo_3_2026-09-11_11-13-46.jpg
photo_2_2026-09-11_11-13-46.jpg
photo_1_2026-09-11_11-13-46.jpg