“Turonbank” ATB tomonidan Nukus tumanining “Arbashi” va “Aqmang‘it” mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, hududlardagi mavjud ehtiyojlar joyida o‘rganildi. O‘rganishlar davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalar ko‘rib chiqilib, ularning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan amaliy choralar belgilab olindi.
O‘rganishlar yakunida “Arbashi” MFY aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 15–20 metr chuqurlikdan suv chiqarishga mo‘ljallangan nasos homiylik asosida o‘rnatib berildi. Mazkur amaliy yordam mahalla aholisining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, kundalik turmushini yengillashtirish hamda yashash sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, yangi o‘quv yili arafasida kam ta’minlangan oilalar farzandlariga daftar, ruchka va boshqa zarur o‘quv qurollari topshirildi. “Turonbank” ATB tomonidan hududlarda aholini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan ezgu tashabbuslar izchil davom ettirilmoqda.













