“Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari T.Axmedov, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M.Jumaboyev hamda Navoiy BXM rahbari G‘.Nusratov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi mahallalarda aholi va tadbirkorlar bilan manzilli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Mazkur ishlar mahallabay ishlash, aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatining amaliy ifodasidir. Bugungi kunda asosiy e’tibor mavjud imkoniyatlarni aniqlash, ularni aniq loyihalarga aylantirish va har bir tashabbuskorni natijaga yo‘naltirishga qaratilmoqda.

Uchrashuvlar davomida ishchi guruh xonadonlarga kirib, aholining mavjud imkoniyatlari, tadbirkorlik tashabbuslari, kasb-hunari hamda daromadli faoliyat bilan shug‘ullanish istaklarini o‘rganmoqda.

Shuningdek, faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari va istiqbolli loyihalar bevosita joyiga chiqib ko‘zdan kechirilmoqda

Ularni kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mavjud muammolarni tezkor hal etish hamda foydalanilmayotgan imkoniyatlarni iqtisodiy faollikka jalb qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Har bir xonadon va har bir tadbirkor bilan individual ishlash tamoyiliga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadbirkorlarning ehtiyojlari, muammolari va kelgusidagi rejalari o‘rganilib, loyihalarni moliyalashtirish, zarur bank xizmatlaridan foydalanish va biznesni kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Bu jarayonda asosiy mezon — faqat murojaatni tinglash emas, balki muammoni joyida o‘rganish, aniq yechim belgilash va natijaga erishishdir. Joylarda rahbarlarning tadbirkor va aholi bilan bevosita muloqot qilishi ham aynan shu yondashuvni ta’minlashga xizmat qiladi.

Zero, mahallada tadbirkorlik rivojlansa — yangi ish o‘rinlari yaratiladi, oilalar daromadi oshadi, hudud iqtisodiy faolligi kuchayadi.

photo_2026-09-24_16-16-42.jpgphoto_2026-09-24_16-16-44.jpgphoto_2026-09-24_16-16-46.jpgphoto_2026-09-24_16-16-47.jpgphoto_2026-09-24_16-16-48.jpg