Navbahor tumanidagi Paxtakor mahallasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda “Turonbank“ ATB Boshqaruvi raisi Ch.S.Mirzayev, Navoiy viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari R.Sulaymonov, Navbahor tumani hokimi A.Rashidov hamda qator mutasaddilar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishilib, biznes yuritish jarayonida yuzaga kelayotgan muammo va takliflar bevosita joyida tinglandi.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish, yangi biznes loyihalarini amalga oshirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish, tadbirkorlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ularga zarur shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur uchrashuv tadbirkorlar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va muammolarini amaliy hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Zero, tadbirkorlik uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar yangi loyihalar va ish o‘rinlarini ko‘paytirish, aholi bandligi hamda daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot — muammolarga amaliy yechim.

photo_10_2026-10-09_14-59-44.jpg
photo_9_2026-10-09_14-59-44.jpg
photo_8_2026-10-09_14-59-44.jpg
photo_7_2026-10-09_14-59-44.jpg
photo_6_2026-10-09_14-59-44.jpg
photo_5_2026-10-09_14-59-44.jpg
photo_4_2026-10-09_14-59-44.jpg
photo_3_2026-10-09_14-59-44.jpg
photo_2_2026-10-09_14-59-44.jpg
photo_1_2026-10-09_14-59-44.jpg