“Turonbank” ATB xodilmarining bilim va malakalarini doimimy tarzda oshirib borish, ular uchun qulay shart sharoitlar yaratish maqsadida ular bilan turli uchrashuvlar o‘tkazish moliya muassasasida anʼanaga aylanib ulgurgan.

8.jpg
Navbatdagi o‘quv-trening Turmiz Bank xizmatlari markazida bo‘lib o‘tdi. Trening foydali va o‘z navbatida qiziqarli hamda turli mavzularni jamlaganligi sababli ham o‘zgacha ruhda o‘tkazildi. Qayd etish lozimki treninglar davomida mijozlar bilan ishlash va taqdim etilayotgan xizmatlar bo‘yicha amaliy tajriba almashish imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi. Mashg‘ulotlarda Banklar va bank faoliyatiga oid qonunchilik, ularga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va zamonaviy tendensiyalar borasida atroflicha so‘z yuritildi.

19.jpg
Yuridik va jismoniy shaxslar uchun taqdim etilayotgan xizmatlar hamda bank mahsulotlari moliya muassasasining asosiy yo‘nalishlaridan biri shuning uchun ham sotuv jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish borasida atroflicha maʼlumotlar taqdim etildi. O‘z navbatida amaliyotda yuzaga kelishi mumkin vaziyatlar keng muhokama qilindi.

10.jpg
Moliya muassasasida har bir xodim mijoz bilan muloqot jarayonida Xizmat ko‘rsatish standartlari talablariga javob berishi kerak. Trening davomida Turonbankda xizmat ko‘rsatish standartlari va odob-ahloq qoidalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi va ularga amal qilish mijozlar hamda xodimlar uchun qanchalik muhim ekanligi tushuntirib o‘tildi.

20.jpg
2022 yil sentyabr oyidan Turonbank o‘z faoliyatini yangi avtomatlashtirilgan bank tizimi “Colvir” dasturida davom ettirmoqda. Trening davomida bu dasturda ishlash va amalaiyotdagi holatlarni muhokama qilish uchun alohida vaqt ajratiladi. Mazkur dasturda ishlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar va ularni to‘g‘ri tahlil qilish borasida yo‘l yo‘riqlar tushuntirildi. Amaliyotda uchrayotgan holatlar ham atroflicha muhokama etildi.

3.jpg
Turonbankda jamoadagi muhit va yakdillikni meʼyorida ushlab turishga alohida eʼtibor qaratiladi. Ijobiy natijalarga erishishda har bir xodimning psixologik holati ham muhim ahamiyatga ega. Shu sababli trening davomida taym-menedjment va muloqot samaradorligi bo‘yicha motivatsion mavzularda maʼruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

17.jpg
Eslatib o‘tamiz har bir mavzu bo‘yicha xodimlar maxsus test sinovlaridan ham o‘tkaziladi. Mazkur o‘quv-treninglar Turonbankning Respublika bo‘ylab barcha hududlardagi BXM va BXOlarida o‘tkaziladi.

2.jpg
6.jpg
4.jpg
7.jpg
9.jpg
11.jpg
13.jpg
14.jpg
1.jpg
15.jpg
IMG_8589.JPG