16 Iyul 2025
O‘zbekiston agro-loyihasi xalqaro maydonga chiqmoqda!
“Agrostar xolding” kompaniyasi tarkibida bo’lgan, Turonbankning ishonchli boshqaruvidagi “Bulung’ur-Agrostar” MCHJ - Yevropaning ilg‘or kartoshkachilik mamlakatlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.
Joriy yilning 16-iyul kuni Niderlandiyaning Agrico B.V. kompaniyasi bilan 6 000 tonna yuqori sifatli urug‘lik kartoshka yetkazib berishga doir Anglashuv Memorandumi, shuningdek, xorijiy agronom va agrotexnologlarni O‘zbekistonga jalb etish bo‘yicha 2 ta hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Tashrif doirasida seleksiya markazlari, urug‘lik sertifikatsiyasi (NAK), qayta ishlash texnologiyalari hamda Agrico va DESMAZIÈRES kompaniyalari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik rejalashtirilgan.
Turonbank — bunday strategik tashabbuslarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali qishloq xo‘jaligi barqarorligi va eksport salohiyatining oshishiga xizmat qilmoqda.

Muallif: Matbot xizmati
Manba:
Matbot xizmati