Joriy yilning 30-mart kuni London shahrida “IFE London 2026” xalqaro oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmasi start oldi. Mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Savdoni rivojlantirish kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, unda dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi kompaniyalar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida “Turonbank“ ATB vakillari ham faol ishtirok etib, milliy mahsulotlarimizni xalqaro maydonlarda keng targ‘ib qilmoqda. Xususan, ko‘rgazmaning ilk kunidayoq “Made in Uzbekistan” milliy brendi ostida taqdim etilayotgan o‘zbek limonlari xorijiy mehmonlar diqqat markazidan joy oldi hamda mamlakatimiz limonchilik sohasida erishilgan yutuqlarni yaqqol namoyon etmoqda.

Yorqin rangi, tetiklantiruvchi ifori va betakror ta’mi bilan ajralib turadigan o‘zbek limonlari ko‘rgazmaga kelgan mutaxassislar va hamkorlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Har bir mahsulot ortida yurtimizning serquyosh iqlimi, tabiiy boyligi hamda mehnatkash dehqonlarimizning fidoyiligi mujassam.

  • Ko‘rgazmada ishtirok etayotgan mahalliy kompaniyalar: “Magona Grand” MCHJ, “Angels Future Trade” MCHJ, “Asl Corn Elit” MCHJ, “Bek Family 77” MCHJ, “Sam Mining Group” MCHJ, “Zarafshon” MCHJ, “Farg‘ona Exim Agro” MCHJ, “Eco Orient Group” MCHJ, “Zukhriddin Muhammadyusuf Agro Eksport” MCHJ, “Baxriddin Agro Impeks” MCHJ, “Quva-Agro Star” MCHJ, “Brightly Mega Water” MCHJ, “Healthy Food Production” MCHJ, “ECOLEY” MCHJ, “Hamkor” MCHJ, “Choco Blessed” MCHJ, “Global Export Company” MCHJ, “Bradjus” MCHJ, “Sladus Produce” MCHJ, “Food Agro Company BB” IP MCHJ, “West Crocus Group” MCHJ, “Vineyards Valley” MCHJ, “Trust Agro” MCHJ, “OM-AK-NUR-Biznes” MCHJ, “Samarkand Garden Plast” MCHJ, “GDR-Product” MCHJ, “Agroex Garlic” MCHJ, “Navobod Naslli Parranda” MCHJ, “Valley La Shampan” MCHJ, “Promeat Group Corp” MCHJ, “Sultan Agro Impeks” MCHJ, “Marwin Brands“ MCHJ, “Natural Juice“ MCHJ, “Hero Mochi“ MCHJ, “East Can Solutions“ MCHJ

Ko‘rgazma doirasida “Turonbank“ ATB tomonidan xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazish, yangi eksport yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu esa milliy mahsulotlarimiz, xususan o‘zbek limonining xalqaro bozordagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Turonbank — tashabbuskor mijozlar uchun global imkoniyatlarga yo‘l ochishda doimiy hamroh!

photo_2_2026-03-31_16-30-20.jpg
photo_1_2026-03-31_16-30-20.jpg
photo_5_2026-03-31_16-30-20.jpg
photo_4_2026-03-31_16-30-20.jpg
photo_3_2026-03-31_16-30-20.jpg
photo_7_2026-03-31_16-30-20.jpg
photo_6_2026-03-31_16-30-20.jpg
photo_10_2026-03-31_16-30-20.jpg
photo_9_2026-03-31_16-30-20.jpg
photo_8_2026-03-31_16-30-20.jpg