Bugun, ya'ni 18 noyabr sanasida «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinganiga 31 yil to‘ldi.
Bayrog‘imiz o‘zida butun xalqimizning orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoati, mehmondo‘stlikni mujassam etgan. Davlatimiz bayrog‘I davlat idora va muassasalari, ta’lim muassasalari, O‘zbekiston a‘zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, elchixona hamda doimiy vakolatxonalarimizda hilpirab turadi. Turli bayram va tantanalarda, mamlakatimiz vakillari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma‘rifiy tadbirlarda hamda nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning sha‘ni, xalqimizning g‘ururini yorqin aks etadi, ayniqsa xalqaro musobaqalarda g’oliblikni qo’lga kiritgan sportchilarimizning bayrog’imizni baland ko’tarishi barchamizga iftixor baxsh etadi.
Bayrog‘imizda aks etgan moviy osmon, ezgu tilak, serhosil tabiat va hayotiy kuch-quvvat sizning hayotingizda ham aks etishini tilab qolamiz!