Joriy yilning 26-fevral sanasida Toshkent xalqaro universitetida “Turonbank” ATB vakillari ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlarning moliyaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni bank tizimidagi zamonaviy imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida o‘tkazildi.

Uchrashuvda “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisining matbuot kotibi Sh.Qo‘chqarov, Toshkent shahar BXM rahbari R.Mahmudov, Chakana biznes departamenti direktori A.Talipov hamda Bosh bank yoshlar yetakchisi K.Zuhurovlar ishtirok etib, yoshlarga moliyaviy savodxonlikning dolzarbligi haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Tadbir davomida:
  • bank-moliya tizimidagi so‘nggi islohotlar,
  • moliyaviy xavfsizlik va firibgarlikdan himoyalanish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
  • Shuningdek, talabalarga “Turonbank” ATB tomonidan joriy etilgan “Tezkor ofis” loyihasi haqida batafsil ma’lumot berilib, uning ishlash mexanizmi hamda aholiga qulay va tezkor bank xizmatlarini ko‘rsatish tamoyillari amaliy tarzda namoyish etildi.
Uchrashuv jarayonida, shuningdek, prezidentimizning joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ilgari surilgan muhim tashabbuslar haqida ham so‘z yuritildi.

Tadbir yakunida faol talabalar “Turonbank” ATB tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Turonbank – yoshlar bilan birga, kelajak sari dadil qadam!

photo_2_2026-03-03_21-48-14.jpg
photo_1_2026-03-03_21-48-14.jpg
photo_5_2026-03-03_21-48-14.jpg
photo_4_2026-03-03_21-48-14.jpg
photo_3_2026-03-03_21-48-14.jpg
photo_7_2026-03-03_21-48-14.jpg
photo_6_2026-03-03_21-48-14.jpg
photo_10_2026-03-03_21-48-14.jpg
photo_9_2026-03-03_21-48-14.jpg
photo_8_2026-03-03_21-48-14.jpg