8 Okt 2026
Joriy yilning 8-oktabr kuni “Turonbank” ATB Bosh bank binosida “Rahbarlar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Unda “Turonbank” ATB rahbariyat vakillari, Rais maslahatchilari, departament direktorlari, hamda faol yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida bankning sohaga doir rahbarlari tomonidan yoshlarning kasbiy rivojlanishi, bank tizimida faoliyat yuritish imkoniyatlari, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda kelajakdagi faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil va mazmunli javoblar berildi.
Ochiq muloqot davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari ham tinglandi, ta’lim va amaliyotni uyg‘unlashtirish, kasbiy salohiyatni oshirish hamda bank tizimida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida davom etdi.
Tadbir yakunida yoshlar “Turonbank” ATB muzeyi va kutubxonasi bilan tanishtirildi. Ular bankning tarixi, rivojlanish bosqichlari hamda kitob mutolaasi uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot oldilar. Mazkur uchrashuv yoshlar uchun mazmunli va foydali taassurotlar qoldirdi.
Yoshlar — kelajak bunyodkorlari. Ularning har bir g‘oyasi va tashabbusi — taraqqiyot sari muhim qadam!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati