Qorovulbozor tumanida aholini daromadli mehnatga jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi biznes loyihalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Mehnat yarmarkasi”, “Mini-texnologiyalar ko‘rgazmasi” hamda tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etiladi.

Tadbir tuman hokimligi, “Turonbank” ATB hamda Bandlik bo‘limi hamkorligida o‘tkaziladi.

  • Ko‘rgazmada ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan zamonaviy mini-texnologiyalar namoyish etiladi.
  • Tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki kengaytirish istagidagi fuqarolarga uskunalarni xarid qilish uchun kredit va lizing imkoniyatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.
  • Yangi biznes loyihalarini amalga oshirish istagidagi ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar va moliyaviy imkoniyatlar haqida tushuntirishlar beriladi.
Mazkur tadbir — yangi biznes boshlash, qo‘shimcha daromad manbasini yaratish va o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolar uchun muhim imkoniyat.

photo_8_2026-10-12_12-11-05.jpg
photo_1_2026-10-12_12-11-05.jpg
photo_5_2026-10-12_12-11-05.jpg
photo_10_2026-10-12_12-11-05.jpg
photo_4_2026-10-12_12-11-05.jpg
photo_3_2026-10-12_12-11-05.jpg
photo_6_2026-10-12_12-11-05.jpg
photo_2_2026-10-12_12-11-05.jpg