“Rais kubogi – 2025” final bosqichi yakunlandi! 

“Turonbank” ATB tizimida sog‘lom turmush tarzi va jamoaviy ruhni kuchaytirish maqsadida o‘tkazilgan “Rais kubogi – 2025” basketbol musobaqasining final bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Final bosqichiga yo‘l olgan jamoalar hududiy saralash bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, kuchli raqobatda yetakchilikni qo‘lga kiritishdi. Bosh bank, Sirdaryo BXM, Samarqand BXM, Andijon BXO, Qarshi BXM va Xorazm BXM jamoalari finalda ishtirok etib, g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Final uchrashuvlari yuqori saviyada, shiddatli va emotsional tarzda o‘tdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchini safarbar etdi. Yakunda Sirdaryo BXM — 1-o‘rin, Samarqand BXM — 2-o‘rin, Bosh bank — 3-o‘rinni egalladi.

Barcha ishtirokchi jamoalarga minnatdorchilik bildiramiz va g‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz!

Turonbank — sport va sog‘lom turmush tarzini faol qo‘llab-quvvatlovchi bank.

IMG_4057.PNG
IMG_3945.JPG
IMG_3953.JPG
IMG_4054.PNG
photo_2025-10-29_18-00-33.jpg
photo_2025-10-29_18-00-35.jpg
photo_2025-10-29_18-00-37.jpg
photo_2025-10-29_18-00-28.jpg