12 Okt 2026
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Sh.Kenjebayevning “Turonbank” ATBdagi mehnat faoliyati go‘yoki qonunga xilof ravishda tugatilgani, unga nisbatan bosim o‘tkazilgani, shuningdek, mazkur mehnat nizosi bo‘yicha sud jarayonida go‘yoki turli “tanish-bilishchilik”lardan foydalanilgani haqida turli mazmundagi xabarlar tarqatilmoqda.
“Turonbank” ATB mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
Chunki mazkur mehnat nizosi bo‘yicha fuqaro Sh.Kenjebayevning da’volari sudning barcha instansiyalarida qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan.
“Turonbank” ATB o‘z faoliyatida qonuniylik, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy amal qiladi. Bank o‘zining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish bilan birga, faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ham ko‘radi.
Shu munosabat bilan Bank jamoatchilikni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga, biryoqlama xulosalar chiqarmaslikka hamda har qanday masala bo‘yicha rasmiy va ishonchli manbalarga tayanishga chaqiradi.
“Turonbank” ATB o‘zining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, haqiqatga mos kelmaydigan hamda asossiz ma’lumotlar tarqatilgan taqdirda qonunchilikda belgilangan barcha huquqiy himoya choralaridan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
“Turonbank” ATB mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
- Fuqaro Sh.Kenjebayev 2025-yil 6-oktabrga qadar Bankning Sirdaryo bank xizmatlari markazida faoliyat yuritgan. U bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2025-yil 6-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 160-moddasiga asosan, xodimning o‘z tashabbusiga ko‘ra bergan arizasi asosida bekor qilingan.
- Mazkur holat bo‘yicha sud ish materiallarida mavjud elektron hujjat aylanish tizimidagi ma’lumotlar alohida ahamiyatga ega. Unga ko‘ra, Sh.Kenjebayevning mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizasi 2025-yil 6-oktabr kuni soat 17:28 da shakllantirilgan va atigi bir daqiqadan so‘ng — soat 17:29 da elektron tarzda imzolangan.
Chunki mazkur mehnat nizosi bo‘yicha fuqaro Sh.Kenjebayevning da’volari sudning barcha instansiyalarida qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan.
- 2026-yil 23-yanvar kuni Guliston tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining hal qiluv qarori bilan Sh.Kenjebayevning da’vosi qanoatlantirilgan, Bankning 2025-yil 6-oktabrdagi X-10-06/10-sonli buyrug‘i noqonuniy deb topilib, bekor qilingan hamda da’vogarni ishga tiklash, majburiy progul davri uchun ish haqi va ma’naviy zarar undirish belgilangan.
- Mazkur sud hujjati ustidan Bank tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda apellyatsiya shikoyati berilgan. 2026-yil 25-fevral kuni Sirdaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ish ko‘rib chiqilib, birinchi instansiya sudining qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.
- Biroq Bank ushbu qaror bilan cheklanib qolmagan va o‘zining qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish maqsadida ishni taftish tartibida qayta ko‘rib chiqishni so‘ragan.
- Natijada 2026-yil 21-may kuni ishni taftish tartibida ko‘rib chiqqan sud tomonidan quyi instansiya sudlarining sud hujjatlari bekor qilinib, Sh.Kenjebayevning Bankka nisbatan ishga tiklash, ish haqi hamda ma’naviy zarar undirish haqidagi talablari rad etilgan.
- Xususan, sud hujjatida Bank Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Ch.Mirzayev tomonidan Sh.Kenjebayev bilan uning ishdan bo‘shashi masalasida hech qanday muloqot bo‘lmagani, unga nisbatan bosim o‘tkazilmagani va uni ariza yozishga undash holati aniqlanmagani qayd etilgan.
- Shuningdek, Sirdaryo bank xizmatlari markazi rahbari B.Tashmatov tomonidan ham xodimga nisbatan ariza yozish bo‘yicha bosim yoki majburlash amalga oshirilmagani sud tomonidan aniqlangan. Sud hujjatida B.Tashmatov tomonidan xodimga plastik karta operatsiyalari yuzasidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan intizomiy choralar tushuntirilgani, shundan so‘ng xodim o‘z xohishiga ko‘ra iste’foga chiqish haqida ariza bergani ko‘rsatilgan.
- Shunday qilib, fuqaro Sh.Kenjebayevning “bosim ostida ariza yozdim” mazmunidagi vajlari ishni taftish tartibida ko‘rib chiqqan sud tomonidan ish materiallari bilan tasdiqlanmagan, deb topilgan. Alohida ta’kidlash lozimki, sud ishining turli instansiyalarida turlicha huquqiy baho berilishi qonunchilikda nazarda tutilgan sud-huquqiy mexanizmlarning tabiiy natijasidir. Birinchi instansiya va apellyatsiya sudlarining qarorlaridan so‘ng ishning taftish instansiyasida qayta ko‘rib chiqilgani ham aynan taraflarga qonuniy huquqlarini amalga oshirish imkoniyati berilganidan dalolat beradi.
- Ayniqsa, fuqaro Sh.Kenjebayev tomonidan sud jarayonlari bilan bog‘liq holda Oliy sudda go‘yoki “tanish-bilishchilik” ishlatilgani haqida tarqatilayotgan da’volar “Turonbank” ATB tomonidan qat’iyan rad etiladi.
- Sudning ish bo‘yicha chiqargan tegishli hujjati — ish materiallari, taraflarning vajlari, guvohlarning ko‘rsatmalari va boshqa dalillar qonunchilik talablari asosida baholangan holda qabul qilingan qonuniy, asosli va adolatli sud hujjatidir.
- Sud hujjatining qonuniy kuchga kirishi yoki uning bir taraf uchun qulay, ikkinchi taraf uchun esa noqulay bo‘lishi hech qachon uni “tanish-bilishchilik” natijasi deb baholash uchun asos bo‘la olmaydi.
- Aksincha, mazkur ish bo‘yicha sud instansiyalarining mavjud protsessual mexanizmlardan foydalangan holda qarorlarni qayta ko‘rib chiqishi sud tizimida qonuniylik va odil sudlovni ta’minlashga qaratilgan tartiblarning amalda ishlayotganini ko‘rsatadi. “Turonbank” ATB sud hokimiyatining mustaqilligi va odil sudlov tamoyillarini hurmat qiladi. Bank sud jarayonlariga noqonuniy ta’sir ko‘rsatish, mansabdor shaxslar orqali ishni hal qilish yoki boshqa g‘ayriqonuniy usullardan foydalanish kabi holatlarni qat’iyan rad etadi.
“Turonbank” ATB o‘z faoliyatida qonuniylik, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy amal qiladi. Bank o‘zining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish bilan birga, faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ham ko‘radi.
Shu munosabat bilan Bank jamoatchilikni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga, biryoqlama xulosalar chiqarmaslikka hamda har qanday masala bo‘yicha rasmiy va ishonchli manbalarga tayanishga chaqiradi.
“Turonbank” ATB o‘zining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, haqiqatga mos kelmaydigan hamda asossiz ma’lumotlar tarqatilgan taqdirda qonunchilikda belgilangan barcha huquqiy himoya choralaridan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Muallif: Matbuot xizmati








