23 Okt 2025
Respublika seminari ishtirokchilari Turonbank mijozining zamonaviy issiqxonasida bo‘lishdi
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida o‘tkazilgan dala seminari doirasida agrar soha mutasaddilari “Bahrombek Agro Export” MCHJ fermer xo‘jaligida bo‘lishib, limonchilik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan zamonaviy ishlar bilan tanishdilar.
Mazkur fermer xo‘jaligi 2018-yilda 0,5 gektar maydonda ish boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda 10 gektardan iborat issiqxona majmuiga ega. Bu esa 20 nafar doimiy va 80 nafar mavsumiy ishchi uchun barqaror bandlik yaratish, hosildorlikni oshirish hamda iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bermoqda.
Eng e’tiborlisi, xo‘jalik xalqaro GLOBALG.A.P. (IFA v6 SMART) sertifikatiga ega bo‘lib, endilikda O‘zbekiston limonlarini Yevropa bozorlariga eksport qilish imkoniyati yaratildi.
Ushbu jarayonda “Turonbank” ATB Shahrisabz BXM hamkorligida issiqxona infratuzilmasi bosqichma-bosqich kengaytirilib, yaqin kunlarda zamonaviy sovutkichli ombor qurilishi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Turonbank — tadbirkorlarning global bozorlarga chiqishi uchun ishonchli hamkor.

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati