Joriy yilning 16-sentabr kuni P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik kolleji binosida bo‘sh ish o‘rinlari va bank xizmatlari bo‘yicha yarmarka bo‘lib o‘tdi. Unda “Turonbank” ATB vakillari ham faol ishtirok etib, fuqarolarga bank xizmatlari, mavjud moliyaviy imkoniyatlar hamda tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etdi.

Shuningdek, tumandagi tadbirkorlarning muammo va takliflarini o‘rganishga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Unda “Turonbank” ATB vakillari bilan bir qatorda tegishli hokim o‘rinbosarlari, tuman soliq, adliya, arxitektura, kadastr hamda tijorat banklari mas’ullari ishtirok etib, tadbirkorlarning murojaatlari tinglandi va ularni hal etish bo‘yicha amaliy takliflar muhokama qilindi

Mazkur tadbirlar aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarga joyida yechim topish hamda bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Turonbank — aholi va tadbirkorlar bilan birga, yangi imkoniyatlar sari!

photo_2026-09-17_15-57-08.jpgphoto_2026-09-17_15-57-10.jpgphoto_2026-09-17_15-57-12.jpgphoto_2026-09-17_15-57-14.jpgphoto_2026-09-17_15-57-15.jpgphoto_2026-09-17_15-57-17.jpgphoto_2026-09-17_15-57-18.jpgphoto_2026-09-17_15-57-19.jpgphoto_2026-09-17_15-57-21.jpg