Joriy yilning 27-fevral sanasida Termiz davlat universitetining Yuridik fakulteti talabalari bilan Markaziy bankning Finlit.uz loyihasi doirasida moliyaviy savodxonlik mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbir yoshlarning moliyaviy bilimlarini mustahkamlash, bank xizmatlaridan oqilona foydalanish hamda moliyaviy-huquqiy madaniyatini oshirishga qaratildi.

Uchrashuv “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisining Matbuot kotibi Sh.Qo‘chqarov boshchiligida o‘tkazildi. Muloqot davomida bank-moliya tizimidagi islohotlar, ularning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berilib, talabalar bilan ochiq va samimiy savol-javoblar tashkil etildi.

Shuningdek, kiberxavfsizlik va firibgarlikdan himoyalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalarga shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash, kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda xavfsiz onlayn to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Uchrashuv jarayonida Prezidentimizning joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ilgari surilgan muhim tashabbuslar haqida ham so‘z yuritildi. Ochiq va muloqotga boy ruhda kechgan tadbir yoshlarning to‘g‘ri va mas’uliyatli moliyaviy qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi. 

Turonbank — moliyaviy savodxonlik va barqaror taraqqiyot tarafdori.

photo_9_2026-03-09_16-18-13.jpg
photo_10_2026-03-09_16-18-13.jpg
photo_6_2026-03-09_16-18-13.jpg
photo_7_2026-03-09_16-18-13.jpg
photo_8_2026-03-09_16-18-13.jpg
photo_3_2026-03-09_16-18-13.jpg
photo_4_2026-03-09_16-18-13.jpg
photo_5_2026-03-09_16-18-13.jpg
photo_1_2026-03-09_16-18-13.jpg