Joriy yilning 28-fevral kuni Toshkent Tibbiyot Universiteti Termiz filialida talaba-yoshlar ishtirokida moliyaviy savodxonlikka bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir Markaziy bankning Finlit.uz loyihasi doirasida o‘tkazilib, yoshlarning moliyaviy bilimlarini oshirish va zamonaviy bank xizmatlari bo‘yicha tushunchalarini kengaytirishga qaratildi.

Uchrashuvda Finlit.uz loyihasi moliyaviy savodxonlik treneri, “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisining Matbuot kotibi Sh.Qo‘chqarov tomonidan bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, raqamli xizmatlar va mijozlarga yaratilayotgan qulayliklar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Tadbir davomida kiberxavfsizlik masalalari alohida blok sifatida ko‘rib chiqildi. Plastik karta ma’lumotlarini himoya qilish, onlayn to‘lovlarda ehtiyot choralariga amal qilish, firibgarlikning keng tarqalgan usullarini aniqlash va oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mazkur uchrashuv yoshlarni moliyaviy jihatdan savodli, hushyor va mas’uliyatli bo‘lishga undadi. Uchrashuv savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan tadbir talabalarning iqtisodiy tafakkurini mustahkamlashga xizmat qildi.

Turonbank — yoshlar bilan birga, kelajak sari.

photo_10_2026-03-09_16-26-38.jpg
photo_9_2026-03-09_16-26-38.jpg
photo_6_2026-03-09_16-26-38.jpg
photo_7_2026-03-09_16-26-38.jpg
photo_8_2026-03-09_16-26-38.jpg
photo_3_2026-03-09_16-26-38.jpg
photo_4_2026-03-09_16-26-38.jpg
photo_5_2026-03-09_16-26-38.jpg
photo_1_2026-03-09_16-26-38.jpg