Hurmatli hamkasblar va qadrli mijozlarimiz!
Bugungi kunda mamlakatimizda davlat va jamiyat boshqaruvining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish hamda unga qarshi murosasiz kurashish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, adolat tamoyillarini mustahkamlash hamda aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
“Turonbank” ATB ham o‘z faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va halollik tamoyillariga qat’iy amal qilgan holda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz munosabatni ustuvor vazifa sifatida belgilagan.
Bank tizimida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsion holatlarning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash va bartaraf etish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, xalqaro standartlar talablariga mos zamonaviy komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi amaliyotga joriy etilib, ushbu yo‘nalishdagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Bankda raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirish, zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt asosidagi xizmatlarni joriy etish orqali inson omilini qisqartirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsion xavflarni kamaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Darhaqiqat, halollik, mas’uliyat va fidoyilik har qanday tizim taraqqiyotining eng muhim omillaridan biridir. Har bir xodim va mijozning qonunlarga hurmat ruhida faoliyat yuritishi bank tizimida sog‘lom va ishonchli muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Agar korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi yoki boshqa noqonuniy holatlarga duch kelsangiz, shuningdek bu borada taklif, murojaat yoki shikoyatlaringiz mavjud bo‘lsa, quyidagi rasmiy aloqa kanallari orqali xabar berishingizni so‘raymiz:
- Ishonch telefoni: +998 71 244-28-89
- Elektron pochta: anticorrup@turonbank.uz
- Telegram bot: turonbankantikor_bot
- Rasmiy veb sayt: https://turonbank.uz orqali xabar berishingiz mumkin.
Unutmang, murojaatingiz maxfiyligi kafolatlanadi!








