“Turonbank” ATB – RegTech forumida faxriy yorliq va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi!

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “RegTech Uzbekistan 2025” forumida raqamli moliyaviy ekotizimni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “Turonbank” ATB faxriy yorliq va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.

Ushbu e’tirof bankimizning innovatsion yechimlarni amaliyotga joriy etish, tartibga solish texnologiyalari orqali moliyaviy xizmatlar xavfsizligi va shaffofligini ta’minlash yo‘lidagi izchil faoliyatining yuksak qadrlanishidir.

Turonbank zamonaviy RegTech loyihalarini rivojlantirishda faol ishtirok etishda davom etadi.

photo_2025-10-30_10-35-23.jpg