Turonbank boshchiligidagi limonchilik tadbirkorlari Xitoyda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi “Respublikada limonchilik sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori doirasida, Turonbank Boshqaruvi Raisi boshchiligidagi delegatsiya limonchilik bilan faol shug‘ullanayotgan tadbirkorlar bilan birgalikda Xitoy Xalq Respublikasining Sichuan provinsiyasiga amaliy safar uyushtirdi.

Ushbu safarning bosh maqsadi —Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish, ya’ni ochiq maydonlarda parvarish qilinadigan limon navlarini intraduksiya qilish va kichik hajmdagi sitrus mevalarini qayta ishlovchi zamonaviy uskunalarni O‘zbekistonga olib kelish imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat.

Delegatsiya xalqaro tajribani o‘rganish maqsadida Sichuan provinsiyasining Anyuen tumanidagi nufuzli “Bousen limon ko‘rgazmasi”da ham bo‘lishdi. Shuningdek, bu hududdagi yirik va samarali faoliyat yuritayotgan “Chunlay Junsze” kooperativ limon plantatsiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur safar O‘zbekistonda limonchilik sohasini xalqaro ilg‘or tajriba asosida modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni joriy etish hamda mahalliy tadbirkorlar salohiyatini oshirish yo‘lida muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

Turonbank zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash va innovasion yondashuvlarni amaliyotga tadbiq etishga tayyor!

photo_2025-04-14_12-50-55.jpg
photo_2025-04-14_12-50-56 (2).jpg
photo_2025-04-14_12-50-56.jpg