Turonbank Boshqaruv Raisi Navoiy viloyatidagi mahallalarda bo‘ldi

Turonbank Boshqaruv Raisi Chori Mirzayev Navoiy viloyatiga xizmat safari doirasida mahallalarda «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek aholi bandligini ta’minlash, mikroloyihalarni yo‘lga qo‘yish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslar bilan yaqindan tanishdi. 

Xatirchi, Karmana, Navbahor, Qiziltepa tumanlari hamda Navoiy shahrida bank ishtirokida amalga oshirilayotgan bir qator mahalliy loyihalar bilan bog‘liq ishlar o‘rganildi.
Xatirchi tumanining “Polvon ota”, “Saroy”, “Kattasoy”, “Angidon” va “Mustaqillik” mahallalarida aholining bandligini oshirish, oilaviy tadbirkorlikni kengaytirish va mikroloyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Тuronbank tomonidan berilgan imtiyozli kreditlar, maslahat yordami va amaliy ko‘mak tufayli ko‘plab fuqarolar o‘z hududida kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini yo‘lga qo‘ymoqda.Boshqaruv Raisi Navoiy viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari Rustam Sulaymonov bilan birgalikda Xatirchi tumanidagi turizm va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi mikroloyihalar, jumladan Sohil bo‘yida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan ham tanishdi.

Mazkur tashabbuslar mahallalarda turizmni jonlantirish, oilaviy biznesni rivojlantirish hamda aholi daromad manbalarini kengaytirishga xizmat qilmoqda
Xizmat safari Karmana, Navbahor va Qiziltepa tumanlarida ham davom etdi.
Karmana tumani, “Bog‘ishamol” mahallasida tashkil etilgan “Agro baxt” issiqxonasi faoliyati o‘rganildi. Issiqxona aholiga doimiy bandlik va daromad manbai yaratishga xizmat qilmoqda.

Navbahor tumanining “Chorvoqguzar” MFYda amalga oshirilgan parrandachilik, poliyetilen paket ishlab chiqarish hamda temir darvoza tayyorlash loyihalari ham ko‘zdan kechirildi. Bu loyihalar yangi ish o‘rinlari yaratish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va ichki bozorda mahalliy mahsulotlar ulushini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qiziltepa tumanidagi “Bo‘lakrabot” MFYda joylashgan “Zarafshon Fayz Baraka” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan chorvachilik loyihasi ham e’tibordan chetda qolmadi. Loyiha tuman iqtisodiyotining agrar yo‘nalishini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Navoiy shahridagi “Zarafshon Golden Group” MCHJ faoliyati ham o‘rganildi. Turonbank tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlov natijasida korxona o‘z ishlab chiqarish quvvatini kengaytirib, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratmoqda. 
Shuningdek, xizmat safari davomida Navoiy davlat universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, sun’iy intellekt sohasiga ixtisoslashgan laboratoriya tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur tashabbus yoshlarni raqamli moliya, IT va innovatsion texnologiyalar sohalariga yo‘naltirish hamda ta’lim va bank tizimi hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan.

Turonbank rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan bunday xizmat safarlari davomida joylarda mikroloyihalar orqali iqtisodiy faollikni oshirish, aholining bandligini ta’minlash va moliyaviy xizmatlarni yanada yaqinlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda

photo_2025-10-29_11-24-54 (2).jpg
photo_2025-10-29_11-24-54.jpg
photo_2025-10-29_11-24-53 (2).jpg
photo_2025-10-29_11-24-53.jpg
photo_2025-10-29_11-24-52.jpg
photo_2025-10-29_11-24-51 (2).jpg
photo_2025-10-29_11-24-51.jpg
photo_2025-10-29_11-24-50.jpg
photo_2025-10-29_11-24-48.jpg