25 Okt 2025
Turonbank Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Navoiy viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashdi
Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Tohir Ahmedov Navoiy viloyatining Navbahor tumani, Sarbozor mahalla fuqarolar yig‘ini binosida tadbirkorlar va mahalla aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholining bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilari bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari, imtiyozli kredit dasturlari, mikroloyihalarni moliyalashtirish tartibi va raqamli bank xizmatlari bilan tanishtirildi.
Uchrashuv davomida Boshqaruv Raisi o’rinbosari tadbirkorlarning taklif va muammolarini tinglab, ularni hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi. Shuningdek, mahalla aholisi va amalga oshirilayotgan mikroloyihalar bilan tanishib, aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida fikr almashildi.
Mazkur uchrashuv Navoiy viloyatida moliyaviy xizmatlarni yanada kengaytirish, mahalla darajasida iqtisodiy faollikni oshirish va tadbirkorlik muhitini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati