26 Mar 2026
Davlat organlaridan kelib tushadigan topshiriqlarni tizimli va nazorat ostida bajarish maqsadida bank faoliyatida “Edo.ijro.uz” elektron platformasi keng qo‘llanilmoqda. Ushbu tizim topshiriqlar ijrosini monitoring qilish, jarayonlarni tezlashtirish hamda mas’uliyatni oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
2026-yil 1-yanvardan 1-aprelgacha bo‘lgan davrda mazkur platforma orqali bankka 90 ta hujjat kelib tushdi. Ular asosida jami 181 ta topshiriq shakllantirilib, ijroga yo‘naltirildi. E’tiborlisi, ushbu topshiriqlarning 101 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari hamda yig‘ilish bayonlari asosida shakllantirilgan. Mazkur ko‘rsatkich “Turonbank”ning mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar va strategik dasturlarni hayotga tatbiq etishdagi faol ishtirokini yaqqol namoyon etadi.
Shuningdek, topshiriqlar quyidagi manbalar kesimida ham belgilangan muddatlarda va sifatli ijro etib kelinmoqda:
- Vazirlar Mahkamasi hujjatlari — 45 ta hujjat, 101 ta topshiriq
- Prezident Administratsiyasi topshiriqlari — 14 ta hujjat, 22 ta topshiriq
- Prezident topshiriqlari — 2 ta hujjat, 2 ta topshiriq
- Hukumat komissiyalari topshiriqlari — 29 ta hujjat, 56 ta topshiriq
Bizning asosiy maqsadimiz — har bir topshiriqni oddiy majburiyat sifatida emas, balki mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shilayotgan munosib hissa sifatida qabul qilishdir. Bugun “Turonbank” jamoasi har bir qarori va tashabbusi bilan iqtisodiy islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanib bormoqda.
Ishonch bilan aytish mumkinki, qat’iy ijro intizomi, mas’uliyatli yondashuv va yagona maqsad sari intilish orqali biz bank tizimi samaradorligini yanada oshirib, yurtimiz iqtisodiyotining barqaror rivojiga munosib hissa qo‘shishda davom etamiz.
Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati








