14 May 2025
“Turonbank” ATB Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on va Oltinsoy tumanlari hokimlari bilan uchrashib, mahalla yettiliklari, tadbirkorlar hamda aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar davomida bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi va ularning aksariyatiga joyida amaliy yechim topildi. Jumladan:
Ayrim tadbirkorlik subyektlarining kredit olishga oid murojaatlari bo‘yicha buyurtmanomalar qabul qilinib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari boshlandi.
Qumqo‘rg‘on tumanidagi issiqxona majmuasida faoliyat yuritayotgan 33 ta tadbirkorlik subyekti murojaatiga asosan, suv ta’minotidagi uzilishlar bartaraf etildi. 160 kV quvvatga ega yangi nasos qurilmasi o‘rnatildi.
Shuningdek, Qumqo‘rg‘on va Jarqo'rg'on tumani hokimlari bilan alohida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda hududdagi moliyaviy ehtiyojlar, infratuzilmani rivojlantirish va bank xizmatlari bilan aholining to‘liq qamrab olinishi masalalari muhokama qilindi.
Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Denov tumanidagi “Quyoshli yurt” MFYda ham bo‘lib, o‘z tomorqalaridan samarali foydalanayotgan xonadon egalari bilan ham muloqot qildi.
Turonbank har doim mijozlar bilan bevosita muloqot olib borish, ularning ehtiyojlarini chuqur o‘rganish va tezkor yordam ko‘rsatishga tayyor!