Turonbank — mahalla va tadbirkorlikni joyida qo‘llab-quvvatlashda!

“Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari R.Haydarov hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya-iqtisod departamenti rahbar o‘rinbosari S.Rahimov boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida amalga oshirilayotgan loyihalarni o‘rgandi.

Mazkur o‘rganish joriy yilning 14-oktabr kuni Davlatimiz Rahbari boshchiligida mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

Jarqo‘rg‘ondagi uchrashuvlarda:
  • aholi bandligi va daromadliligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar o‘rganildi;
  • tadbirkorlar bilan xonadonma-xonadon formatida bevosita muloqot qilinib, muammo va takliflar joyida tinglandi;
  • bank xizmatlari qamrovini kengaytirish hamda yangi biznes loyihalarini moliyalashtirish jarayonlarini tezkorlashtirish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
Surxondaryoda start olgan ushbu monitoring va qo‘llab-quvvatlash tashabbuslari yaqin kunlarda barcha hududlarda izchil davom ettiriladi.

Turonbank — joyida, xalq bilan, natija uchun.

photo_2025-10-29_15-26-23 (2).jpg
photo_2025-10-29_15-26-23.jpg
photo_2025-10-29_15-26-22.jpg
photo_2025-10-29_15-26-21 (2).jpg
photo_2025-10-29_15-26-21.jpg
photo_2025-10-29_15-26-20 (2).jpg
photo_2025-10-29_15-26-20.jpg
photo_2025-10-29_15-26-19.jpg
photo_2025-10-29_15-26-18 (2).jpg
photo_2025-10-29_15-26-18.jpg