Turonbank yangi koʼchma mobil ofisini ishga tushirdi!
Bugungi aqlli hayotni boshqarish uchun zamonaviy yechimlarni taklif etish lozim. Аyniqsa, xizmat koʼrsatish yoʼnalishida mijozlar talabidan bir qadam oldinda boʼlish muhim sanaladi. Аyni zamon tendensiyasidan kelib chiqadigan boʼlsak, sifatli tezkorlik eng aktual faktorga aylanmoqda.
Kreativ gʼoyalarni sinovdan oʼtkazishni xush koʼruvchi Turonbank jamoasi esa oʼz mijozlariga mana shunday imkoniyatni taqdim etmoqda. Qulay, sifatli, tezkor va manzil tanlamas koʼchma mobil ofis. Endi jismoniy va oʼzini oʼzi band qilgan shaxslar bankka tashrif buyurishlari shart emas, yuborilgan murojaatlarga muvofiq bankning oʼzi ularning oldiga boradi.
Zamonaviy mobil ofis quyidagi xizmatlarni koʼrsatadi:
- Real vaqt rejimida onlany va offlayn mikroqarz ajratish
- Omonat ochish va ularga hisoblangan foyda foizini yetkazish
- Plastik kartochkaga buyurtma qabul qilish
- Xalqaro pul oʼtkazmalarini amalga oshirish
- Valyuta ayirboshlash amaliyotini bajarish
- Barcha turdagi toʼlovlarni qabul qilish.
Bu xizmat avvalo Turonbank bilan hamkorlikda oʼz biznesini rivojlantirib kelayotgan korporativ mijozlarning xodimlari uchun qulaylik yaratadi. Ular ishdan uzilmagan holda moliyaviy yumushlarini birzumda bajarishlari mumkin boʼladi. Mijozlarga mazkur mobil ofis rahbari va kassa menejeri tezkor va sifatli xizmat koʼrsatishadi. Ularning faoliyati va xavfsizligini maxsus qoʼriqlash xizmati xodimlari nazorat qilib borishadi.
Hozircha shu kabi koʼchma mobil ofis Toshkent shahrida tajribadan oʼtkaziladi va bosqichma – bosqich Turonbankning Respublika miqyosidagi 21 ta bank xizmatlari markazida tashkil etiladi.
Аsosiy maqsad mijozlar mushkulini oson, uzogʼini yaqin va hayotini yanada qulayroq qilishdir.
Turonbank bu borada eng ideal hamkor!