“Ahbor-Reyting” agentligi 2022 yil natijalariga ko‘ra, “Turonbank” ATBga “UzA+”, istiqboli “Barqaror” prognoziga ega milliy kredit reytingini berdi. U bankning kredit salohiyati yuqori ekanligi hamda kredit xavfi darajasi juda pastligini ko‘rsatadi.
“UzA+” reytingiga ega bo‘lgan bank - kreditorlar, omonatchilar va investorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish uchun juda yuqori salohiyatga ega ekanligi bilan tavsiflanadi.
Mazkur reyting bankning bozordagi o‘sib borayotgan mavqeini, brendini, tavakkalchilik xatarlarini boshqarishning yaxshi darajasini, likvidlik holati va yetarli kapitallashuvini hamda faoliyatdagi moliyaviy natijalarning barqaror o‘sib borishini aks ettiradi.