“Turonbank“ ATBda Koreya Respublikasining nufuzli moliyaviy instituti — Koreya kredit kafolati jamg‘armasi (KODIT) va Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv doirasida tomonlar o‘zaro tajriba almashib, xususan, biznesni kafolatlash mexanizmlari va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi amaliy yondashuvlarni muhokama qildilar.

Uchrashuv davomida:
— biznesni kafolatlash tizimlari,
— garovsiz kredit ajratish amaliyoti,
“Oson” kredit mahsulotining qo‘llanish jarayoni
atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, “Turonbank“ ATB tomonidan joriy etilgan 500 mln so‘mgacha bo‘lgan “Oson” kredit mahsuloti yuzasidan ham o‘zaro fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni davom ettirish va tajriba almashinuvini kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

photo_6_2026-04-11_13-53-46.jpg
photo_4_2026-04-11_13-53-46.jpg
photo_5_2026-04-11_13-53-46.jpg
photo_2_2026-04-11_13-53-46.jpg
photo_3_2026-04-11_13-53-46.jpg
photo_1_2026-04-11_13-53-46.jpg