Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishi doirasida “Turonbank” ATB hamda Landesbank Baden-Württemberg o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar mavjud hamkorlik natijalarini muhokama qilib, istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashdilar.Uchrashuv davomida yashil liniya, savdo operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda qisqa muddatli postmoliyalashtirish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, korrespondent aloqalarni yo‘lga qo‘yish va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida “yashil” kredit liniyasini jalb qilish bo‘yicha ikki tomonlama 20 million AQSH dollari miqdoridagi shartnoma imzolandi. Shuningdek, bir qator qisqa muddatli postmoliyalashtirish kelishuvlariga ham erishildi. Ajratiladigan mablag‘larni Surxondaryo viloyatida joylashgan Sangardak turistik hududlariga yo‘naltirish rejalari ham alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

Uchrashuvda Landesbank Baden-Württemberg vakillari — I.Kamachev, A.Inomxo‘jayev va B.Shamsiyev, shuningdek, “Turonbank” ATB tomonidan Boshqaruv Raisi Ch.S.Mirzayev hamda mas’ul rahbar xodimlar ishtirok etdi. Turonbank xalqaro hamkorlikni izchil rivojlantirib, yirik loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.








