Transformatsiya jarayonlarini jadallashtirishda xodimlarning bilim va ko’nikmalarini oshirish xa xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida «Turonbank » ATB tizimi xodimlari uchun bank O’quv-markazi tomonidan seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Navbatdagi o’quv trening Yunusobod bank xizmatlari markazi xodimlari uchun tashkil etildi.
Trening davomida Turonbankda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayoni va buning bank rivoji hamda xodimlar uchun ahamiyati haqida so’z yuritildi. Korporativ madaniyat va etika qoidalariga ham alohida to’xtalib o’tildi.
Shu bilan birgalikda Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda Turonbankda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonida yangi tashkil etilgan departamentlar va umuman bankda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar haqida xodimlarga batafsil ma’lumotlar yetkazildi.
Bundan tashqari yuridik va jismoniy shaxslarga taklif etilayotgan xizmatlar hamda mahsulotlarga ham to’xtalib o’tildi va ularning har biriga alohida to’xtalib o’tildi. O’z navbatida mazkur mahsulot va xizmatlarni mijozlarga to’g’ri taklif etish va ularni sotishning zamonaviy usullari ham ko‘rib chiqildi.