One Touch – to‘lovlarni terminalsiz qabul qilish xizmati
“One Touch” tizimi Turonbank tomonidan O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib ishga tushirilgan to‘lovlarni tez va oson qabul qilish uchun mo‘ljallangan innovasion xizmat. Bunda to‘lovlar uyali telefonga kartani tekkazish orqali qabul qilinadi. Ya’ni, tadbirkorlar “HUMO” terminallari o‘rniga “One Touch” dasturiy tizimi o‘rnatilgan smartfonlardan foydalanishadi.
Premium taklifimiz kimlarga mo‘ljallangan?
- yetkazib berish xizmati;
- taksi xizmati;
- novvoyxonalar;
- kichik savdo nuqtalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar uchun qulay.
“One Touch” xizmatini ishga tushirish uchun nima qilish kerak?
“One Touch” xizmatini ishga tushirish uchun sizdan ko‘p narsa talab etilmaydi. Shunchaki bank bilan bog‘lanib, smartfoningizga xizmatni yoqtirish uchun shartnoma tuzasiz.
“One Touch” xizmati faqat Android va NFC tizimi mavjud smartfonlar uchun mo‘ljallangan.
Format: docx