Нодирбек Муқимов.jpg

Brifing: 2024-yilning I chorak yakunlari!

Joriy yilning 30-may sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki matbuot kotibi, Boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Nodirbek Muqimov navbatdagi brifingni oʻtkazdi. Unda moliya muassasasi tomonidan 2024-yilning oʻtgan I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Qayd etilganidek, 2024-yilning 1-aprel holatiga bankka yuridik va jismoniy shaxslardan jalb qilingan depozitlar miqdori 4 trln. 651 mlrd. soʻmga yetdi. Bu oʻtgan yil bilan solishtirganda 52,9 foizga koʻp boʻldi. Jami kredit qoʻyilmalari esa 12 trln. 143 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich yil boshiga nisbatan 250 mlrd.soʻmga yoki 21 foizga oʻsdi.

“Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki 2024-yilning I choragida kichik biznes va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ham samarali ishlarni amalga oshirdi.

Xususan, biznes egalarini moliyaviy qoʻllab – quvvatlash maqsadida 618 mlrd. soʻmlik kreditlar ajratildi. Shundan kichik biznes subyektlariga 461 mlrd. soʻm, ayollar tadbirkorligiga 8,9 mlrd. soʻm, yoshlarning startaplarini amalga oshirish uchun 11,9 mlrd. soʻm va boshqa qator yoʻnalishlarning rivojiga kreditlar yoʻnaltirildi.

Shu bilan birga, jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar ham sezilarli oʻsishni koʻrsatdi. Jumladan, joriy yilning yanvar – mart oylari davomida aholiga uy-joy sotib olish uchun jami 58,4 mlrd.soʻm ipoteka krediti, 368 nafariga 50,4 mlrd. soʻmlik avtokreditlar, 8 ming 177 nafar fuqaroga 104,4 mlrd. soʻmlik mikroqarz shundan 44,1 mlrd.soʻmi mobil ilova orqali amalga oshirilgan, 1 ming 203 nafar talabalarga 9,8 mlrd. soʻmlik taʼlim kreditlari, shuningdek oʻzini oʻzi band qilgan 1 ming 547 nafar fuqaroga 7,7 mlrd. soʻmga teng “Biznesga birinchi qadam” mikrokreditlari rasmiylashtirildi.

Tahlillar davomida bank tomonidan mijozlarga koʻrsatilgan chakana xizmatlar boʻyicha ham asosiy koʻrsatkichlarni keltirib oʻtmoqchimiz.

Yaʼni, 2024-yil I choragi yakunlari boʻyicha “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki kassalariga 1 trln. 607 mlrd. soʻmga teng aholi omonatlari jalb etilib, bu yil boshiga nisbatan 55 mlrd. soʻmga oshdi. Mijozlarga bank tomonidan qulay va manfaatli boʻlgan milliy valyutada Ipoteka, Ustivor, Imkoniyat plus, Maksimum onlayn” “Kapital”, “Kelajak poydevori” hamda xorijiy valyutada “Optimum” omonatlari taqdim etildi. 

Qolaversa, naqd pulsiz hisob-kitoblarni kengaytirish va plastik kartochkalar emissiyasini koʻpaytirish boʻyicha joriy I chorakda 626 ming 543 dona milliy valyutadagi plastik kartochkalar muomalaga chiqarilgan boʻlib, shundan 392 ming 827 donasi “UzCard” va 233 ming 716 tasi “Humo” tizimidagi plastik kartochkalar hisoblanadi. Shu bilan birga, koʻrilayotgan davrda “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki 3 ming 531 ta “Visa” hamda 15 ming 643 ta “MasterCard” xalqaro plastik kartochkalarini ham fuqarolarga ochib berdi. 

Plastik kartochkalardagi pullarni naqdlashitirish, kirim qilish va boshqa amaliyotlar uchun butun Respublika boʻyicha 142 ta UzCard”, 134 ta “Humo” va 63 dona valyuta ayirboshlash xususiyatiga ega bankomatlar ishlab turibdi. 

Samarali faoliyat natijasida “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankiga ishonch bildirgan mijozlar soni 2024-yil I choragida 626 ming 244 nafargacha oshdi. Shundan yuridik shaxslar soni 41 ming 914 ta boʻlsa, jismoniy shaxslar 584 ming 330 nafarni tashkil etmoqda. Ularga bugungi kunda Respublika boʻyicha 21 ta bank xizmatlari markazi hamda 70 ta ofis xizmat koʻrsatib kelmoqda. 

Bir soʻz bilan aytganda, Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki mamlakat moliya bozorida faol ishtirok etib, jismoniy va yuridik shaxslarga koʻplab yangi xizmat va mahsulotlarni taqdim etadi.