Нодирбек Муқимов.JPG

Brifing: yangilangan xizmatlar va mahsulotlar!

Joriy yilning 19-yanvar sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi Nodirbek Muqimov navbatdagi brifingni o‘tkazdi. Unda “Turonbank” ATB tomonidan joriy 2024-yil uchun jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etilayotgan, yangilangan xizmatlar haqida ma’lumot berildi.

Qayd etilganidek, ayni vaqtda “Turonbank” ATB tomonidan birlamchi bozordagi yangi qurilgan uy – joylardan xonadon sotib olish, hovli-joyni qayta qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun rasmiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolarga qulay ipoteka krediti taqdim etilmoqda.

Kredit miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarida 327 mln. 250 ming so‘mni, Toshkent shahrida esa 416 mln. 500 ming so‘mni tashkil etadi. Uning muddati 20-yil bo‘lib, yillik 16%dan boshlanadi va boshlang‘ich to‘lovining eng kam miqdori 50%. Imtiyozli davri 6 oygacha.

Navbatdagi ipoteka krediti ham birlamchi bozordagi yangi qurilgan uy – joylardan xonadon sotib olishga mo‘ljallangan bo‘lib, uning miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarida 327 mln. 250 ming so‘mni, Toshkent shahrida esa 416 mln. 500 ming so‘mni tashkil etadi. Muddati 20-yil, yillik 18%da, boshlang‘ich to‘lovi atiga 15 foiz. Imtiyozli davri esa 6 oygacha.

Shuningdek joriy yildan mijozlara ikkilamchi bozordan xonadon sotib olish uchun yangi “Fayzli maskan” nomli ipoteka krediti ham ishlab chiqildi. Uning miqdori Toshkent shahrida 600 mln. so‘mgacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda esa 400 mln. so‘mgacha etib belgilangan. Yillik foiz stavkasi 25%, muddati 10-yil, boshlang‘ich to‘lovi esa 25%ni tashkil etadi.

Shu bilan birga, Turonbank rasmiy daromadga ega bo‘lmagan mijozlar uchun ularning har qanday ehtiyojlarini qondirish maqsadida 50 mln. so‘mgacha mikroqarz xizmatini ham taqdim etmoqda. Uning muddati 4-yil bo‘lib, hech qanday boshlang‘ich to‘lov talab etilmaydi.

Bundan tashqari, mijozlar Turonbankning yangilangan “MyTuron” mobil ilovasi orqali 33 mln. so‘mga onlayn mikroqarz olishlari mumkin. Buning uchun bank mijozi bo‘lish talab etilmaydi va ilova sizga “Virtual humo” kartasini bepul taqdim etadi.

Shu bilan birga, Turonbank tomonidan yangi mebellar sotib olish, maishiy texniki xarid qilish, to‘y marosimlarini o‘tkazish, va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun maxsus iste’mol krediti ham ajratilmoqda. U bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha beriladi. Ya’ni, bugungi kunda 102 mln. so‘mgacha.

Qolaversa Turonbank o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar uchun ham alohida, qulay shartlardagi mikrokreditni taqdim etadi. Mazkur moliyaviy ko‘mak 3-yilgacha bo‘lgan muddatga, 300 mln. so‘mgacha ajratiladi va hech qanday boshlang‘ich to‘lov talab etilmaydi. Shu bilan birga, “Turonbank” ATB tomonidan joriy 2024-yil davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslar uchun ham qator qulay xizmatlar taqdim etilmoqda.

Xususan, ishbilarmonlar o‘z aylanma mablag‘larini yana-da to‘ldirish, faoliyatni kengaytirish va rivojlantirish maqsadida kredit olishlari mumkin. Uning miqdorlari taqdim etiladigan shartnomaga asosan belgilanadi. Qolavera, Turonbank mijozlarning amalga oshirayotgan biznes loyihalaridagi majburiyatlarini ta’minlash uchun tender savdolarida qatnashish hamda qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa maqsadlarga “Bank kafolati”ni ham taqdim etadi.

Shuningdek, Turonbank yuridik shaxslar uchun Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki kredit liniyalari hisobidan moliyaviy ko‘mak berish bo‘yicha ham qulay takliflarni taqdim etadi. Bundan tashqari, o‘z korxonasiga birlamchi va ikkilamchi bozordan har qanday turdagi avtotransport vositalarini xarid qilish istagida bo‘lgan tadbirkorlar uchun ham maxsus avtokredit xizmati mavjud. U 3-yilgacha bo‘lgan muddatga ajratiladi va miqdori shartnomaga asosan belgilanadi.

Hamkorlik uchun barcha ishbilarmonlarni Turonbankka taklif etamiz.

Turonbank tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun taklif etilayotgan xizmatlar haqidagi yana-da batafsil ma’lumotni bankning www.turonbank.uz rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari yoki 1220 qisqa raqami orqali olishingiz mumkin.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Videohttps://www.facebook.com/aoka.uz/videos/1281020696183026/