Joriy yilning 6-iyun kuni “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari T.X.Ahmedov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyati Peshku tumanida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar faoliyati bilan tanishib, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan muammo va takliflarni o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish va eksport hajmini kengaytirishga xizmat qilayotgan quyidagi loyihalar faoliyati ko‘zdan kechirildi:
  • “ECO FOOD ADA” MCHJ — korxona negizida amalga oshirilayotgan meva-sabzavotlarni quritish va saqlash loyihasining bugungi holati, ishlab chiqarish jarayonlari hamda faoliyatni yanada kengaytirish istiqbollari o‘rganildi.
  • “Peshko‘ limonchilik ravnaqi” fermer xo‘jaligi — Turonbank tashabbusi bilan “Denov Agro Star” MCHJ hamkorligida amalga oshirilayotgan limon ko‘chatchilik loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar, yaratilayotgan imkoniyatlar va mavjud muammolar muhokama qilindi.
Tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan muloqot davomida loyihalarni jadallashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda eksport salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Turonbank — yuksalish va taraqqiyot yo‘lidagi ishonchli hamkor!

photo_3_2026-06-11_17-24-24.jpg
photo_2_2026-06-11_17-24-24.jpg
photo_5_2026-06-11_17-24-24.jpg
photo_4_2026-06-11_17-24-24.jpg
photo_6_2026-06-11_17-24-24.jpg
photo_1_2026-06-11_17-24-24.jpg