Joriy yilning 17-sentabr kuni Toshkent shahridagi Katta Jarariq, Eski Jarariq, Yangi Jarariq va Yangi Beltepa mahallalarida kambag‘al oilalar bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi. Unda “Turonbank” ATB Toshkent shahar BXM rahbari R.Mahmudov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati boshlig‘i S.Kamilov ishtirok etib, xonadonlarning mavjud muammolari, ehtiyojlari va takliflarini bevosita o‘rganildi.
Uchrashuvlar davomida oilalarning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini ko‘paytirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolarga bank xizmatlari va mavjud moliyaviy imkoniyatlar haqida tushunchalar berilib, ularning murojaatlari tinglandi hamda har bir masala bo‘yicha amaliy yechimlarni ishlab chiqish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
Bunday ochiq muloqotlar aholini qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish, ehtiyojmand oilalarga zarur ko‘mak ko‘rsatish va ularning barqaror daromad manbalarini shakllantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Turonbank — har bir xonadon farovonligi va yangi imkoniyatlar sari ishonchli hamkor!

















